Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘g‘uliston Tramp va Kim Chen Inning yangi uchrashuvini qabul qilishga tayyorligini bildirdi
Foto: AFP 2018 / SAUL LOEB
Mo‘g‘uliston hukumati Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Trampning navbatdagi uchrashuvini o‘tkazishga ochiq. Bu haqda Mo‘g‘uliston ichki ishlar vaziri Damdin Tsogtbaatar ma'lum qildi.
Tsogtbaatar Mo‘g‘ulistonning bundan asosiy maqsadi Shimoliy Koreya va AQSh o‘rtasidagi muloqotning davom etishiga ko‘mak berishdan iboratligini ta'kidlab o‘tgan.
Vazirning ma'lum qilishicha, Mo‘g‘uliston hukumati joriy yilda Mo‘g‘uliston va Shimoliy Koreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 70 yilligi munosabati bilan Kim Chen Inni taklif qilgan. Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1948 yil 15 oktabrda o‘rnatilgan.
Avvalroq Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Tramp va Kim Chen In o‘rtasidagi yangi uchrashuv yaqin ikki oy ichida bo‘lib o‘tishi mumkinligini ma'lum qilgan. Janubiy Koreya OAVlari esa uchrashuv noyabr o‘rtalarida Jyeneva yoki Stokholmda bo‘lib o‘tishi mumkinligini xabar qilgan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:43 / 30.01.2026
Kim Chen In KXDRni “o‘zgartirish”ga va’da berdi
09:35 / 16.01.2026
Tramp G‘azo sektorida “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qildi
11:34 / 29.12.2025