Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijlik ayol o‘zini terakt qurboni qilib ko‘rsatib 20 ming yevro olgani uchun jazolandi
Fransiyalik Aleksandra Damen o‘zini 2015 yilda Parijda sodir etilgan terakt qurboni qilib ko‘rsatgani uchun 2 yillik qamoq jazosi oldi. U politsiyachilarni aldab, terakt qurboni sifatida davlat imtiyozlari va moliyaviy yordam olib kelgan. Parijda sodir etilgan 3 ta teraktda 130 kishi halok bo‘lgan, 350 kishi yaralangan.
33 yoshli ayol faqatgina 6 oy qamoqda o‘tkazadi, so‘ngra shartli-muddatdan avval ozodlikka chiqishi mumkin. Ayol sud jarayonida yig‘lab yuborib, o‘zining aybini tan olgan va qilgan ishidan pushaymonligini aytgan.
Foto: Capital
2015 yilda ayol terrorchilar hujum qilgan “Kariyon” kafesida bo‘lganini aytgan. Shundan keyin u terakt jabrdiydalarining “Parij uchun hayot” uyushmasiga kirib, terrorchilik jabrdiydalari kafolat jamg‘armasidan 20 ming yevro miqdorida moliyaviy yordam olgan. U terrorchilar hujumidan jabr ko‘rganining isboti sifatida qo‘lida avtomat zarbasidan qolgan chandiqni va boshqa jabrdiydalar bilan birga tushgan suratni ko‘rsatgan.
2016 yilda “Parij uchun hayot” uyushmasining bir necha ishtirokchisi politsiyaga ayol borasidagi gumon bilan murojaat qilishgan. Ular ayol terakt kuni “Kariyon”da bo‘lmagani, biroq teraktdan keyingi kunlar kafe yonida boshqa jabrdiydalar bilan suratga tushib, intervyu berganini so‘zlab berishgan. Ayol ko‘rsatgan chandiq esa aslida kaytserfing bilan shug‘ullanishdan olingan jarohat bo‘lgan.
2015 yil 13 noyabrda “Bataklan” konsert zali, “Stad de Frans” stadioni yonida va “Kariyon” kafesida teraktlar sodir etilgan.
Capital nashrining ma'lum qilishicha, Damen 2015 yilgi teraktning birinchi soxta qurboni emas: yana 15 nafar shunday firibgarga jazo hukmlari chiqarilgan.
Mavzuga oid
09:47 / 12.03.2026
Norvegiyada AQSh dipmissiyasi yonidagi teraktda gumon qilinganlar qo‘lga olindi
09:20 / 23.02.2026
Zelenskiy: Lvivdagi teraktni RF Telegram orqali tashkil etgan
16:41 / 22.02.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
14:52 / 19.02.2026