O‘zbekiston | 17:51 / 18.10.2018
25961
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadagi avtosalon rahbari ishdan bo‘shatildi. Bu yerda ishlagan xodim 9 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yuborgan

GM Uzbekistan’ning xabar berishicha, huquq-tartibot organlari tomonidan kelib tushgan tezkor ma'lumotlar asosida «Farg‘ona Avtosavdo» MChJ dilerlik markaziga operativ tekshiruv yuborilgan.

Foto: GM Uzbekistan

Tekshiruv vaqtida quyidagi kamchiliklar aniqlangan:

- ayrim mas'ul shaxslar tomonidan korxona faoliyati bo‘yicha qarorlar qabul qilishda vakolatdan chetga chiqish;
- GM Uzbekistan’ning «InfinBank» ATB bilan o‘tkazilgan aksiyasi doirasida xaridorlarga velosiped hamda 1 mln. so‘m chegirma taqdim etilmaganlik holatlari;
- avtomobillarni saqlash omborxonasi kompaniya tomonidan qo‘yilgan talablarga javob bermasligi;
- kunlik tarzda yangilanishi lozim bo‘lgan shartnoma uchun ajratilgan avtomobillar to‘g‘risida axborot monitorining ishlamasligi;
- tashrif buyuruvchilarni qabul qiladigan resepshn xizmati standartlarga javob bermasligi, servis-menedjyerning yo‘qligi.

O‘tkazilgan ishlar natijasida “Farg‘ona Avtosavdo” dilerlik markazi rahbari vazifasidan ozod etildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yangi tayinlangan direktor v.b. - Botirjon Akbarov zimmasiga yuklandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 73 nafar fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan “Farg‘ona avtosavdo” avtosaloni xodimining noqonuniy ishlari haqida xabar berilgandi. Mazkur holatlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid