Farğonada yangi avtomaşina olib berişni va'da qilib, köplab fuqarolarni “çuv” tuşirgan şaxs ustidan sud jarayoni bölib ötmoqda, deb xabar beradi ÖzA.

Dastlabki tergov organi tomonidan “Farğona avtosavdo” mas'uliyati çeklangan jamiyatida ombor mudiri vazifasida işlagan I.Telyabayev Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilgan turli rusumlardagi avtomaşinalarni navbatsiz va tez fursatda olib berişni va'da qilib, 2017 yilning iyul oyidan 2018 yilning may oyiga qadar jami 73 nafar fuqarolarni aldab, ularning juda köp miqdordagi 9 milliard 374 million sömdan ortiq pullarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, pullarni özining şaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganlikda ayblangan.

Bugun jinoyat işlari böyiça Söx tuman sudi tomonidan jinoyat işlari böyiça Farğona viloyati sudining binosida, oçiq sud majlisida, firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanayotgan I.Telyabayevga oid jinoyat işi muhokamasi boşlandi.