O‘zbekiston | 12:54 / 19.10.2018
6464
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxonachilarga uy-joy qurish uchun yer uchastkalari olish huquqi beriladi

Foto: customs.uz

“Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonun (yangi tahrirda) prezident tomonidan imzolandi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.

Qonundagi asosiy o‘zgarishlar: 

• bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilandi;
• tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun bojxona organlari xodimlarining javobgarligi oshirildi;
• tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-tamoyillarida shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash bo‘yicha normalar kiritildi;
• bojxona faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va nazorat texnik vositalarini tatbiq etish bojxona organlarining asosiy vazifalari qatoriga kiritildi;
• bank idoralariga inkasso topshiriqnomalari hamda taqdimnomalarini elektron shaklda taqdim etish amaliyoti kiritildi;
• bojxona organlari prezident tomonidan tashkil qilinishini belgilovchi yangi norma kiritildi; 
• bojxona organlari xodimlari xizmat majburiyatini bajarishi, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishi chog‘ida jismoniy kuch ishlatish, maxsus vosita va o‘qotar quroldan foydalanish shartlari, taqiqlari hamda xodimlarning huquq, majburiyat va javobgarligini belgilandi;
• bojxona organlarining doimiy yashash joyidan uzoqda xizmat qiluvchi xodimlarga ijara kompensatsiyasi to‘lash, uy-joyga muhtoj va ko‘p yil benuqson xizmat qilgan xodimlarga uy-joy qurish yoki kvartira xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar, yer uchastkalari ajratish haqidagi normalar kiritildi; 
• bojxona organlari xodimlari va ularning oila a'zolariga tibbiy muassasalar bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy ta'minot bilan ta'minlashning huquqiy asoslari belgilandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid