Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kerchdagi fojiada jabrlanganlardan birining tanasidan mix va boltlar chiqarib olindi
Kerchdagi kollejdagi fojia oqibatida jabrlanganlardan birining tanasidan jarrohlik operatsiyasi davomida mixlar va boltlar chiqarib olindi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligida ma'lum qilingan.
Jabrlanuvchi Kerchdan Moskvaga yetkazilgan va A.Vishnevskiy nomidagi institutda kechki vaqt operatsiya qilingan.
17 oktabrda Kerch politexnika kolleji talabasi Vladislav Roslyakov o‘zi ta'lim olgan o‘quv muassasasida otishma va portlash sodir etgan, so‘ngra o‘z joniga qasd qilgan. Fojia oqibatida 21 kishi, jumladan 16 nafar talaba va 5 nafar kollej xodimi halok bo‘lgan, 50 dan ko‘proq odam jarohat olgan. Og‘ir ahvolda bo‘lgan 9 kishi Moskvaga yetkazilgan.
Ma'lum qilinishicha, kollejda portlatilgan qurilma metall bo‘laklar bilan to‘ldirilgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:06 / 05.01.2025
Kerch bo‘g‘ozida mazut to‘kilishi oqibatida 30 dan ortiq delfin nobud bo‘ldi
13:35 / 24.12.2024
RFdagi tankerlar halokati: ifloslanish 200 ming tonnaga yetishi mumkin
20:00 / 17.07.2019
Moskva sudi Kerch bo‘g‘ozida ushlangan ukrainalik dengizchilarning hibsda ushlanishini uzaytirdi
21:46 / 18.10.2018