Jahon | 21:46 / 18.10.2018
18609
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Kerchdagi fojiani globallashuv oqibati deb atadi

Foto: Kommersant'

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Valday klubi yig‘ilishida Kerchda yuz bergan fojia globallashuv oqibati ekanligini aytdi.   

“Ijtimoiy tarmoqlar, internetda butun hamjamiyatlar tashkil etilganini ko‘rmoqdamiz, barchasi AQShdagi maktablardagi fojiali hodisalardan boshlangan”, deb aytgan Putin. 

Uning aytishicha, internetda yoshlar uchun kerakli kontent juda kam yaratiladi.  

“Beqaror psixikaga ega yoshlar o‘zlariga qandaydir soxta qahramonlarni yaratadilar. Bu biz barchamiz, nafaqat Rossiya, balki butun dunyoda jahondagi o‘zgarishlarga tegishlicha javob bermayotganimizni anglatadi. Bu yoshlar uchun foydali, qiziqarli va kerakli kontent kam yaratishimizni anglatadi. Shunday bo‘lgandan keyin ular yolg‘ondakam qahramonlikni ilib oladilar”, deb ta'kidlab o‘tgan Putin.   

17 oktabrda Kerch politexnika kollejining 4-bosqich talabasi kollejda bomba portlatib, otishma sodir etgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida 21 kishi, jumladan 16 talaba va 5 xodim halok bo‘lgan, 50 dan ko‘proq odam jarohat olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid