Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev dunyodagi hozirgi vaziyatni Karib inqiroziga qiyosladi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ASeM (Osiyo-Yevropa) sammiti yalpi sessiyadagi nutqida joriy yuqori ixtiloflik, sanksiyalar ko‘payishi va savdo urushlari sharoitlarida xalqaro siyosat taranglikning cho‘qqisiga yetganini, uni Karib inqiroziga qiyoslash mumkinligini aytdi.
“Biz “Osiyo-Yevropa” forumining joriy sammitini bu muammolarni hal qilish uchun qo‘llashimiz kerak. Afsuski, dunyoda zamonaviy bosqichda sermahsul muloqot va hamfikrlikning yetishmasligi kuzatilmoqda. Biz o‘tgan asrning 60-yillaridagi Qarib inqiroziga qiyoslash mumkin bo‘lgan joriy iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshilikning guvohlari bo‘lib turibmiz”, deb aytgan Nazarboyev.
Qozog‘iston prezidenti sammit AQSh, Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlarni dunyodagi mavjud o‘zaro kelishmovchiliklarning yechimini topishga chorlashi lozimligini aytgan.
“Agar Suriya, Ukraina va boshqa davlatlardagi muammolar tartibga solinmasa, vaziyat tobora keskinlashevaradi. Ballistik raketalar tarqalishi xavfi bor ekan, xalqaro terrorchilik bosh muammo bo‘lib qoladi”, deb qo‘shimcha qilgan Nazarboyev.
Qozog‘iston rahbari jahon iqtisodiyotidagi holatning yomonlashayotgani ortida ba'zi nochor davlatlarda vaziyat yanada murakkablashayotgani va bu butun insoniyatga jiddiy chorlov bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.
“Ikkinchi jahon urushi va boshqa ixtiloflardan keyin davlatlar yetakchilari yaqindan hamkorlik qilishgan va terrorchilikka qarshi kurashda umumiy yechimlar topishgan. Shu sababli men barcha davlatlarni muloqotga chorlayman va Ostona maydonchasini muzokaralar uchun qo‘llashni taklif qilaman”, deb ta'kidlab o‘tdi. Qozog‘iston rahbari.
Karib inqirozi Sobiq ittifoq va AQSh o‘rtasida 1962 yil oktabrda vujudga kelgan o‘ta keskin siyosiy, diplomatik va harbiy qarama-qarshilik bo‘lib, ushbu qarama-qarshilik AQSh tomonidan 1961 yil Turkiyada yadroviy qurol joylashtirilishi va keyinroq bunga javoban Sobiq ittifoqning harbiy qismlari, texnika va qurol-aslahasi, jumladan yadroviy qurolining Kubaga tashlanishi oqibatida yuzaga kelgan. Inqiroz global yadroviy urushga olib kelishi mumkin bo‘lgan. Ushbu ziddiyatga o‘zaro kelishuvlar natijasida barham berilgan.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
11:46 / 09.01.2025
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?
21:48 / 04.01.2025
To‘qayev davlat gazetasiga intervyu berib, Nazarboyevni ochiq tanqid qildi
19:24 / 03.01.2025