Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonda harbiy texnika ishlab chiqarishga tayyor
Rossiya O‘zbekistonda harbiy texnika ishlab chiqarishni boshlashga tayyor. Bu haqda O‘zbekiston-Rossiya kengaytirilgan shakldagi muzokaralarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildi.

«Biz harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishga tayyormiz, bunda nafaqat qurol-yarog‘ va zamonaviy texnikani yetkazib berish, balki ushbu texnikani O‘zbekiston hududida va korxonalarida birgalikda ishlab chiqarish ham nazarda tutiladi», - deya ma'lum qildi Putin.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, RF qurol-yarog‘ini yetkazib berish «istisno tarzida» Rossiya ichki narxlarida amalga oshirilmoqda.
«Bizda boshqa ko‘plab yo‘nalishlar ham mavjud. Biz ro‘y berayotgan barcha narsani jiddiylik bilan tahlil qilamiz hamda sizning o‘tgan yil 4 aprel kuni Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan tashrifingiz davomida belgilab olingan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha oldinga qarab harakatlanamiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Rossiya Federatsiyasi prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin O‘zbekiston Rossiyaning ishonchli ittifoqchisi ekanini ta'kidlagandi.
Mavzuga oid
21:15
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55