Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya va Maktabgacha ta'lim vazirliklari bog‘chalarda qonuniylikni ta'minlash bo‘yicha yangi tashabbusni ilgari surmoqda
Bog‘chalar faoliyatida huquq ustuvorligini ta'minlash, korrupsiyaviy omillarni oldini olish maqsadida Adliya va Maktabgacha ta'lim vazirliklari qo‘shma ko‘rsatmani imzolashdi. Bu haqda Kun.uzʼga Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma'lum qilmoqda.
Endilikda, bog‘chalarda yuzaga kelayotgan korrupsiyaviy va qonunni buzish omillarni oldini olish va bu borada mas'ul xodimlarning shaxsiy mas'uliyatini oshirish bo‘yicha bog‘chalarda o‘rganishlar o‘tkazish uchun Adliya va Maktabgacha ta'lim vazirliklari hamda ularning quyi tizimlarida hamkorlikda ishchi guruhlar tuziladi.
O‘rganishlarda maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirilgan bolalar sonining muassasa qamroviga nisbatan holati, ularda ovqatlanishni tashkil etish hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi, bog‘cha xodimlarining mehnat intizomiga rioya qilish holati singari jihatlarga alohida e'tibor beriladi.
Ishchi guruhlar bog‘chalarni o‘rganish jarayonida tegishli hujjatlarni talab qilish, aniqlangan holat yuzasidan mas'ul xodimlarini chaqirtirish, ulardan tushuntirishlar olish, zarur hollarda mutaxassislar jalb qilish, ular bilan birgalikda tekshirish o‘tkazish, o‘rganish natijalari bo‘yicha aybdor xodimlarga chora ko‘rish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish kabi vazifalarini bajaradi.
Bundan tashqari, ishchi guruhlari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali bog‘chalarga yo‘llanmalarni berish jarayonini o‘rganish maqsadida muntazam ravishda “sirli mijoz” tadbirlari o‘tkazib boriladi.
Shuningdek, Adliya vazirligining markaziy apparati xodimlari tomonidan faqatgina Maktabgacha ta'lim vazirligi rahbariyatini ogohlantirgan holda bog‘chalarda reydlar o‘tkazilishi mumkin.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, ushbu hujjat maktabgacha ta'lim tizimida qonun ustuvorligini ta'minlash, sohada yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish hamda aniqlanayotgan korrupsiyaviy holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.
Ota-onalar va barcha fuqarolarimiz diqqatiga!
Bog‘chalarda qonuniy va korrupsiyadan xoli faoliyat yo‘lga qo‘yilishi jamiyatning, qolaversa har bir oilaning birgalikda sa'y harakatlariga va nazoratiga bog‘liq. Shuning uchun, biz sizlarni mazkur ezgu yo‘lda va farzandlarimizga munosib maktabgacha ta'lim berishni ta'minlash yo‘lida hamkorlikka chaqiramiz. Har qanday bog‘chalarda yuz berayotgan noqonuniy faoliyat yuzasidan asosli ma'lumotlarga ega bo‘lsangiz, albatta bizga xabar bering.
Maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini o‘rganish natijasida aniqlangan qonun buzilish holatlari ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib boriladi.
Vazirliklarning ishonch telefonlari:
1008 — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishonch telefoni;
(71) 236-79-24 — Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi.
(71) 215-52-79 — O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligining ishonch telefoni
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026