Jamiyat | 21:57 / 20.10.2018
12279
2 daqiqa o‘qiladi

Xayriya: ko‘z uchish sindromidan aziyat chekayotgan vatandoshimizga yordam beraylik!

KUN.UZ sayti bemor vatandoshlarimizning holidan xabar olish, saxovatpesha yurtdoshlarimizning moddiy imkoniyati yo‘q xasta hamyurtlarimizga yordam berishlariga sababchi bo‘lish borasidagi xayrli ishlarini davom ettiradi. Sayt xodimlari shu maqsadda Yangiyo‘l tumani O‘zbekiston mahallasida bo‘lib, 2004 yil 15 avgustda dunyoga kelgan Sh.U. (o‘zi istamagani uchun ism-sharifi va shaxsi ko‘rsatilmadi) oilasida bo‘ldi. 

Surunkali bosh og‘rig‘i va ko‘z uchishidan (marcus gunn syndrome) aziyat chekayotgan vatandoshimiz Sh.U. onasining so‘zlariga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘idagi asab tolasi yoshligidan o‘ng ko‘zi asab tolalariga birikkan. Buning natijasida og‘iz-jag‘ sohasi qimirlaganda ko‘z uchishi kuzatiladi. Ayni vaqtda bu holat ancha kuchaygan, deydi Fotima opa. 

“Bu ko‘z shifokorlarining emas, neyrojarrohlarning ishi, deyishdi. Shuning uchun Hindistonga davolatishga borishni rejalashtirganmiz. Buning uchun moddiy jihatdan imkoniyatimiz biroz cheklangani sababli xayriya aksiyasi o‘tkazib berishlaringizni so‘rab, sizlarga murojaat qildik. Zora, yaxshilar, saxovatpesha yurtdoshlarimiz sabab bo‘lib, farzandim ham shifo topsa”, - deydi onaizor.

Aziz vatandoshlar, xayr-ehsonsevar yurtdoshlar, ushbu xonadon sohibasi ham umid va ishonch bilan bizlardan yordam kutmoqda. Kelinglar, imkoni borlarimiz moddiy yordam bersak, uzrlilarimiz duolarimizda shu vatandoshimiz shifo topishini so‘rab duo qilaylik. Zora ko‘ngillar mahzun bo‘ladigan kunda yuzimiz yorug‘ bo‘lsa, umidimiz shu!

Xayriya qilishni istaganlar uchun:

Mirzaraxmedova Fotima (onasi) +998 97 3420642

Payme, Click: Milliy Bank 

Bank kartochka raqami: 8600 0202 5741 5906
Hisob raqami: 2312 0000 5000 0045 1001
MFO: 00451
INN: 201052966

Xorijdan pul o‘tkazmoqchi bo‘lganlar uchun: 0451 1330 3072 0001

Tolib Rahmatov tayyorladi

Mavzuga oid