Mourino APLning hozirgi eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 9-turi doirasidagi «Chelsi»ga qarshi bahs oldidan raqib jamoa hujumchisi Eden Azarning o‘zi bilan bog‘liq fikrlariga munosabat bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta belgiyalik futbolchi o‘z intervyularidan birida portugaliyalik murabbiyning «ko‘klar» boshqaruvidagi faoliyatini yodga olgan edi.
«Agar hozir mendan kim bilan yana takror ishlashni istaysan, deb so‘rashganida, Mourino degan bo‘lardim», - deb aytgan edi Azar.
55 yoshli mutaxassis kecha London klubiga qarshi Stemford-Brijdagi o‘yindan oldin jurnalistlar bilan suhbatda bo‘lib, sobiq shogirdining bu fikrlariga munosabatini bayon etdi.
«Azarni «Manchester Yunayted»da ko‘rishdan juda mamnun bo‘lgan bo‘lardim, ammo «Chelsi» uni sotib yuboradi, deb o‘ylamayman. Shunday ekan, hozir bu masala kun tartibida emas. Bu klubda futbolni yaxshi tushunadigan aqlli rahbarlar ish olib boradi, ular Azarni bizga sotishga hech qachon rozi bo‘lishmaydi.
Eden bilan iliq munosabatda bo‘lganmiz. U Premer-ligada eng yaxshi o‘yinchi, «Chelsi» esa chempion bo‘lgan edi.
Men Azarni hamon APLning eng yaxshi o‘yinchisi deb hisoblayman. Modomiki, u ligada eng yaxshi futbolchi bo‘lib qolayotgan ekan, demak «Chelsi» ham eng yaxshi klublardan biridir», - deya ta'kidladi Mourino.
9-turni ochib beruvchi «Chelsi» - «MYu» uchrashuvi bugun tushda, mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da boshlanadi (Toshkentda 16:30).
Mavzuga oid
15:31 / 10.10.2023
«To‘g‘ri lahzada «to‘xta» deya olishingiz kerak» - Azar 32 yoshida faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
13:38 / 01.06.2023
«Sevilya» yana Yevropa Ligasida g‘olib. Ularni Mourino ham to‘xtata olmadi
20:46 / 28.01.2023
Mourino Shomurodovning «Roma»dan ketayotganini tasdiqladi
16:05 / 07.12.2022