Moskvaga Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi kelgani xabar qilindi
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Moskvaga keldi, deb xabar qildi RIA Novosti diplomatik manbaga asoslanib.
"U Moskvaga yetib keldi",- dedi agentlik manbasi.
Avvalroq Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Ryabkov AQSh prezidentining yordamchisi Moskvaga kelishini, Rossiya undan AQShning raketalar bo‘yicha shartnoma borasidagi keyingi qadamlari to‘g‘risida izoh olishni mo‘ljallayotganini ma'lum qilgandi.
Bolton tashrifi davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bilan uchrashadi. Dushanba kuni u Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:47 / 13.11.2024
Moskvada chaqiriluvchilarga Rossiyadan chiqib ketish taqiqlangani haqida xabar berildi
19:24 / 27.10.2024
Moskvada xorijlik migrantlar uchun patent narxi qariyb 20 foizga oshadi
12:56 / 25.10.2024
Germaniyaning Moskvadagi elchisi RF TIVga chaqirildi
12:12 / 28.09.2024