Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyada hukumat siyosati tanqidchilariga qarshi kurashuvchi «trollar fabrikasi» mavjudligi aniqlandi
Saudiya Arabistoni o‘z «trollar fabrikasi»ni yuritish uchun katta mablag‘ sarflaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum guruh mamlakatni tanqid qiluvchilarga qarshi axborot urushi olib borish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bu haqda tashkilot faoliyatini o‘rgangan manbalarga asoslangan holda The New York Times xabar tarqatdi.
Suhbatdoshlarning ma'lumotlariga ko‘ra, «trollar fabrikasi» valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmonning tashabbusiga ko‘ra tashkil etilgan. Bu tashkilot tarkibida 100dan ortiq xodim faoliyat ko‘rsatadi. Ular Twitter, WhatsApp va Telegram tarmoqlarida mamlakat ichkarisida va tashqarisidagi muxolif kayfiyatdagi fuqarolarni qo‘rqitish hamda ularga bosim o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Har bir xodim oyiga o‘rtacha 3 ming dollarlik maosh bilan ta'minlangan.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni hukumatiga qarshi kayfiyatdagi fuqarolar ilk marta 2010 yildagi «arab bahori» voqealaridan keyin ta'qibga uchray boshlagan. «Trollar fabrikasi»ning asosiy mavzulari Yamandagi urush va arab dunyosidagi ayollar huquqi bo‘ladi. «Fabrika» rahbariyati vakillaridan biri sifatida shu kunlarda podshohning maslahatchisi lavozimidan haydalgan Saud al-Qahtoniy nomi tilga olinmoqda.
«Saudiya Arabistoni avtoritar hokimiyat ijtimoiy mediadan tanqidchilarning og‘zini yumishda qanday foydalanish bo‘yicha namuna ko‘rsatdi», — deyilgan maqolada.
Qayd etilishicha, oktabr oyi boshida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosida o‘ldirilgani aytilayotgan muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchi internetdagi zo‘ravonlikka qarshi kurash boshlagan va maxsus loyihalar ishlab chiqqandi. Sentyabr oyida u Saudiya Arabistonining «trollar fabrikasi»ga qarshi kurashuvchi faollar uchun 5000 dollar o‘tkazib bergan. Bu faollar o‘zlarini «elektron asalarilar» deb atashgan. NYT nashri maqolasida aytilishicha, o‘zining izsiz g‘oyib bo‘lishidan 11 kun avval Qoshiqchi tvitterida «Asalarilar bostirib kelmoqda» degan yozuv qoldirgandi.
Shu kunlarda Saudiya Arabistoni hukumati 2 oktabr kuni yo‘qolib qolgan jurnalist Jamol Qoshiqchi Istanbuldagi bosh konsulligida kelib chiqqan janjal oqibatida halok bo‘lganini tasdiqladi. Jurnalistning ishi bo‘yicha mamlakatning 18 fuqarosi qo‘lga olingan. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud Umumiy razvedka xizmati rahbari o‘rinbosari, general Ahmad Asiriyni ishdan bo‘shatgan.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026