Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Ukrainaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritishga topshiriq berdi
Foto: AFP Photo/Pavel Golovkin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga nisbatan yangi «maxsus iqtisodiy choralar» qo‘llash haqida topshiriq berdi. Hujjatga muvofiq, sanksiyalar Ukrainaning Rossiya kompaniyalari va rossiyaliklarga nisbatan «nodo‘stona harakatlari» sababli va milliy manfaatlarni himoya qilish maqsadida kiritilmoqda.
Putin farmonida sanksiyalar joriy etiladigan jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxatini shakllantirish, ularga nisbatan qanday cheklovlar kiritilishini belgilash va «boshqa choralarni ko‘rish» aytilgan.
Qonunga ko‘ra, bunday choralar sirasiga hamkorlikni to‘xtatish yoki vaqtincha to‘xtatish, Rossiyaga u yoki bu mahsulotlar olib kirilishini hamda sanksiya qo‘llanilayotgan mamlakatga Rossiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlar olib chiqilishini cheklash kabilar kiradi.
Shu yilning iyulida Vladimir Putin farmoniga binoan Ukrainadan qator oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishga nisbatan embargoning amal qilish muddati 2019 yil oxirigacha uzaytirildi. Shuningdek, Ukraina mahsulotlarini Rossiya hududi orqali Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tranzit orqali olib o‘tishga qo‘yilgan taqiq muddati ham 2019 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
Mavzuga oid
11:00
«Putin shoh emas, urushning quli» – Zelenskiy
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
14:21 / 14.02.2026
Rossiya “Urushga qarshi qo‘mita”ni “terroristik” deb tan olmoqchi
14:03 / 14.02.2026