Jahon | 20:11 / 22.10.2018
6507
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Markaziy Amerikaning uchta davlatiga yordamni qisqartirish bilan tahdid qildi

Foto: kun.uzAP Photo / Pablo Martinez Monsivais

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Markaziy Amerikaning Gonduras, Gvatemala va Salvador kabi nochor davlatlaridan AQShga kelayotgan katta sondagi noqonuniy muhojirlar sababli bu davlatlarga yordamni cheklashi yoki umuman to‘xtatishini ma'lum qildi.

“Gvatemala, Gonduras va Salvador o‘z davlatlarini tark etib, AQShga noqonuniy kelayotgan odamlarni to‘xtata olmadi. Endi biz AQSh odatda ularga taqdim qilgan katta yordamni to‘xtatamiz yoki ancha qisqartiramiz”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Trampning bunday bayonotiga AQShga o‘tishga harakat qilayotgan gondurasliklar karvoni sabab bo‘ldi. Gondurasliklar karvoni hozirda Gvatemala va Meksika chegarasida turibdi. Gvatemala prezidenti Jimmi Moralesning baholashicha, bu karvonda 4,5-5 ming kishi bor. Ulardan bir qismi chegaradagi to‘siqlardan zo‘ravonlik bilan o‘tishga urinishni amalga oshirgan. Buning oqibatida bir necha meksikalik politsiyachi jarohat olgan.

Tramp chegarachilar va harbiylarga vaziyatni favqulodda vaziyat sifatida baholashga va tegishli choralar ko‘rishga ko‘rsatma bergan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid