Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tez tibbiy yordam kompleks dispetcherlik markazlari tashkil qilinadi
Bugun, 22 oktabr kuni Samarqand shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialida bo‘lib o‘tgan seminarda Jahon bankining “O‘zbekistonda shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirishga start berildi. Unda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon banki vakillari ishtirok etishdi.
Qiymati 100 million AQSh dollariga teng mazkur loyiha Jahon banki ijrochi direktorlarining shu yil apreldagi kengashida ma'qullangandi.
Loyiha doirasida O‘zbekistonning 12 viloyati markazi va Toshkent shahrida qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlash, tez yordam mashinalarini koordinatsiya qilish hamda ulardagi brigadalarni nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi kompleks dispetcherlik markazlari tashkil qilinadi. Ularning asosini yagona avtomatlashgan dispetcherlik va aloqa tizimi tashkil etadi.
Loyiha shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam tizimiga yanada ko‘proq tibbiy xodimlarni jalb etish maqsadida shifokor va hamshiralarning boshlang‘ich tayyorgarligi uchun mablag‘ ajratadi.
Bundan tashqari, mamlakatdagi shifoxonalarga berish uchun 60ga yaqin zamonaviy tez yordam mashinalari, tezkor xizmatga muhtoj bemorlarga yordam ko‘rsatishda foydalaniladigan zarur jihozlar sotib olinadi.
Jahon banki O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish uchun umumiy qiymati 3,3 mlrd dollardan oshiq 18ta loyihani amalga oshirmoqda. Bu loyihalar makroiqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi va suv resurslarini boshqarish, sog‘liqni saqlash, ta'lim, energetika, transport va shahar xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
21:16
Jahon banki bilan uzoq muddatli Mamlakat dasturi ishlab chiqiladi
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
11:25 / 24.03.2026