Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qonda tadbirkorning uyidan 40 mln so‘m pul va 50 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketishdi
Shu yil 14 oktabr kuni noma'lum shaxs Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi, xususiy tadbirkor D.M. (ismli ayol)ning uyiga kirib, xonasidan 40 mln. so‘m puli va umumiy qiymati 50 mln. 600 ming so‘mlik turli xildagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qo‘qon shahrida yashovchi O.R., M.A., M.M. va D.J. sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.
Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:32 / 21.05.2026
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
11:07 / 25.03.2026
Foto: 1913 yilgi Qo‘qon manzaralari
14:12 / 17.03.2026
Qo‘qonning “Tayson”i: Farg‘onada erkak bozor nazoratchisining qulog‘ini tishlab, uzib olgani uchun qamaldi
15:27 / 10.03.2026