Jinoyat kodeksiga giyohvandlik vositalari analoglari tushunchasi kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 12 sentabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 27 sentabrda ma'qullangan.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga giyohvandlik vositalari analoglari degan tushuncha kiritildi.
Unga ko‘ra, giyohvandlik vositalarining analoglari – kimyoviy tuzilishi va xossalariga ko‘ra giyohvandlik vositalariga o‘xshash bo‘lgan, ular singari ruhiyatga faol ta'sir etadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar.
«Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ko‘p miqdor» degan atama quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Giyohvandlik vositalaridan, ularning analoglaridan yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ko‘p miqdor»;
«Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan ko‘proq miqdor» degan atama quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«Giyohvandlik vositalaridan, ularning analoglaridan yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan ko‘proq miqdor»;
«Giyohvandlik vositalari», «Prekursorlar», «Psixotrop modda» degan atamalarning huquqiy ma'nosi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Giyohvandlik vositalari – giyohvandlik vositalari ro‘yxatlariga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi mavjud bo‘lgan preparatlar va o‘simliklar;
Prekursorlar – prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar;
Psixotrop moddalar – psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar».
Mavzuga oid
20:58 / 04.11.2024
Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish choralari kuchaytiriladi
08:30 / 04.11.2024
DXX Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
13:30 / 09.10.2024
Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish davlat komissiyasi vakolatlari belgilandi
11:50 / 09.10.2024