Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qariyb 28 mln so‘mga aldab ketgan shaxslar ushlandi
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Shu yil 23 oktabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, joriy yilning 12 iyun kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi G‘.S. va A.O‘. Paxtachi tumanida yashovchi D.T.ning uyida undan umumiy qiymati 27 mln. 700 ming so‘mlik 40 bosh qo‘ylarini sotib olib, pulini 10 kun muddat ichida olib kelib berishlarini aytib, shu kunga qadar bermasdan kelayotganliklari ko‘rsatilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida G‘.S. va A.O‘. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026