Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘lidan smartfonni bir hafta qo‘ymagan ayolning barmoqlari falajlanib qoldi
Xitoyning Chansha shahrida yashovchi ayol ta'til olgach, uni o‘zi uchun unumliroq o‘tkazish o‘rniga, uyida smartfoni bilan o‘tkazishga qaror qildi. U smartfonga shunchalik mukkasidan ketganki, oxir-oqibat bu yaxshilik bilan tugamagan.
Ayol uxlagandan tashqari, bir hafta davomida smartfonni qo‘lidan tushirmagan. Ma'lum vaqtdan keyin uning o‘ng qo‘lida kuchli og‘riq paydo bo‘lgan. Biroq bu ham ayolni barmoqlari ishlamay qolgungacha "sevimli mashg‘uloti" bilan shug‘ullanishdan qaytarmagan. Oqibatda uning barmoqlari smartfonni qanday ushlagan bo‘lsa, shunday tarzda qotib qolgan.
Bundan vahimaga tushgan ayol shifokorlarga murojaat qilgan. Shifokorlar ayolda tenosinovit – paylar sinovial qobig‘ining yallig‘lanishi tashxisini qo‘yishgan. Ayolga yordam berishga muvaffaq bo‘lingan va kelgusida smartfonlarga mukkasidan ketmay, barmoqlariga dam berib turish tavsiya qilingan.
Mavzuga oid
18:28 / 28.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini Xitoy kompaniyasi quradi. Loyiha qiymati - 2 mlrd 185 mln dollar
12:46 / 28.05.2026
Qattiq qo‘riqlanadigan panda, power bank olib kelgan robot: Chin yurtidagi sarguzashtlar
17:20 / 27.05.2026
Xitoyda Toshkent shahar drenaj tizimini rivojlantirish bo‘yicha 400 mln dollarlik kelishuvga erishildi
09:06 / 25.05.2026