13:49 / 25.10.2018
23662

Video: «Inter» futbolchisi o‘z ayyorligi bilan Messini qoyil qoldirdi

Chempionlar ligasining guruh bosqichi 3-turi doirasida «Barselona» va «Inter» o‘rtasida kechgan bahsning ikkinchi bo‘limida qiziq holat yuzaga keldi.

O‘yinning 66-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Luis Suares jarima zarbasini amalga oshirdi. Bu vaqtda jonli devor ortida «Inter» yarimhimoyachisi Marselo Brozovich paydo bo‘ldi va jonli devordagi futbolchilar to‘p yuqoridan kelishini kutib, baland sakrashganida, u yerga yotib oldi hamda Suaresning ayyorlik bilan yerlatib bergan zarbasini undanda ayyorlik bilan qaytarib yubordi.

O‘yinni tribunada o‘tirib kuzatayotgan Lionel Messi esa xorvatiyalik futbolchining harakatiga qoyil qolganini yashirib o‘tirmadi.

O‘yin kataloniyaliklar jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

 
Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top