Çempionlar ligasi
1/8 final
«Barselona» (Ispaniya) — PSJ (Fransiya) — 1:4 (1:1)
Gollar: Messi, 27 — penaltidan (1:0). Mbappe, 32 (1:1). Mbappe, 65 (1:2). Kin, 70 (1:3). Mbappe, 85 (1:4).
«Barselona»: ter Ştegen, Pike (Puç, 79), Jordi Alba, Langle, Dest (Mingesa, 71), Buskets (Pyaniç, 80), de Yong, Messi, Grizmann (Breytueyt, 85), Dembele, Pedri (Trinkan, 79).
PSJ: Navas, Kyurzava, Florensi (Kerer, 89), Markinyus, Kimpembe, Guyye (Errera, 46), Verratti (Draksler, 73), Paredes, Ikardi, Mbappe, Kin (Danilu Pereyra, 85).
Ogohlantirişlar: Guyye, 20.
Hakam: Kaypers (Niderlandiya).
16 fevral. Barselona. «Kamp Nou» stadioni.
Öyin oldidan intriga köp edi - bu nimçorak finaldagi eng afişali öyin edi. «Barselona» — «PSJ» öyini arafasida Messi Parijga yöl olişi haqida miş-mişlar tarqaldi - France Football öz muqovasida uning «PSJ» libosidagi suratini joylaştirdi. Di Mariya öz vatandoşini jamoada kutişini aytdi, Kuman uni raqib jamoani hurmat qilmaslikda aybladi. Muxlislar esa 4 yil oldingi YeÇL tarixidagi eng yorqin öyinni - kataloniyaliklar 0:4 hisobidagi mağlubiyatga 6:1 hisobidagi ğalaba bilan javob qaytargan öyinni muhokama qilişdi.
Öyinning 10-daqiqasigaça Leo Messi maydonda körinmadi. Bunga sabab töp ungaça yetib bormayotganida edi. Töp unga tekkanida esa maydon egalari darhol xavfli vaziyat yaratişdi — Messi ortga qaytib töpni özi egalladi va uni Pedriga uzatdi, u esa raqib jarima maydonida Antuan Grizmanni topdi. Fransuz hujumçisining zarbasi kuçsiz çiqdi va darvozabon osonlik bilan töpni egallab oldi. Keyingi epizodda — jarima maydoni içida tovon bilan yana Grizmannga pas, lekin Marko Verratti hujumçining oyoğiga taşlanib xavfni bartaraf etdi. «Barselona»ning har qanday xavfli hujumi Messisiz bölmasdi. Keyin Frenki de Yongga havolatib ajoyib uzatma yölladi - penalti. Videohakamlar törtinçi takroriy lavhadan keyin penaltini tasdiqlaşdi - Kurzavaning tizzasi raqib oyoğiga tegib ketganiga şubha qolmadi. Messi qatorasiga 17-mavsumda YeÇLda gol urdi va hisob 1:0.
Körinişidan barçasi mantiqiydek edi. Messisi bor «Barselona» Neymarsiz «PSJ»dan kuçliroqdek edi. Ammo goldan keyin mezbonlarning öyini öxşamadi. Ter Ştegen ketma-ket aqlbovar qilmas seyvlar qildi, lekin u barça zarbalarni qaytara olmasdi.
Neymar yöqligida Mbappe katta sahnaga çiqdi. Verratti darvozabon maydonçasi yaqinidagi hujumçiga töpni taşlab berdi, u esa himoyaçilar orasidan yorib ötib hisobni tenglaştirdi.














