Jahon | 20:43 / 26.10.2018
10892
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada pensiya yoshi pasaytirilishi talabi bilan umumiy ish tashlash bo‘lib o‘tmoqda

Foto: globallookpress.com

Italiyada pensiya yoshining 60 yoshgacha pasaytirilishi, maosh va pensiyalarni oshirish hamda ish kunining qisqartirilishi talab qilinayotgan umumiy ish tashlash bo‘lib o‘tmoqda. Aktsiyada maktab va shifoxonalar xodimlari ishtirok etishmoqda, jamoat transporti uzilishlar bilan ishlamoqda. 

Repubblica ma'lumotlariga ko‘ra, Trenitalia, Trenord va Italo temir yo‘l kompaniyalari ishchilari reyslarning bir qisminigina bajarishmoqda: poyezdlar ertalabki va kechki tig‘iz soatlarda yurmoqda, qolgan vaqt esa tezkor poyezdlar harakatlanmoqda. Ta'kidlanishicha, ish tashlashga aviakompaniyalar ham qo‘shilishi, Milan aeroportlarida muammolar yuzaga kelishi mumkinligi ma'lum qilingan. Aktsiyaga Milan metrosi ham qo‘shilishi rejalashtirilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid