Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ichki ishlar organlari kasb bayrami qizg‘in nishonlandi
Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasida ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning tabrigini IIB boshlig‘i A.Toshpo‘latov o‘qib eshittirgan.

Shundan so‘ng yil davomida namunali xizmat qilgan xodimlarga yangi unvonlar, mukofotlar hamda faxriy yorliqlar topshirildi. Xizmat vazifasini ado etish chog‘ida hayotdan ko‘z yumgan xodimlarning oilasiga moddiy yordam hamda sovg‘alar berildi.

Tadbirga ichki ishlar organlarida bir vaqtlar samarali xizmat qilgan, ayni paytda pensiyada keksalik gashtini surayotgan faxriylar ham taklif etildi. Ularga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir oxirida mahalliy san'atkorlar ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi.

O‘z muxbirimiz
Mavzuga oid
19:38 / 18.03.2026
Samarqand viloyatining 4 ta tumanida jamoat yaylovlari tashkil etiladi
14:31 / 13.03.2026
Statistika: iqtisodiyoti eng tez o‘sgan hududlar ro‘yxati
21:38 / 02.03.2026
Samarqandda hokim delegatsiya tarkibiga oila a’zolarini qo‘shgani ma’lum bo‘ldi
15:41 / 23.02.2026