Jamiyat | 21:56 / 27.10.2018
5705
3 daqiqa o‘qiladi

Davlat bojxona qo‘mitasi innovatsion g‘oyalar haftaligida “Eng innovatsion stend”nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida xorijiy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes inkubatorlarning faol ishtirokida “INNOWEEK” innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Tashkil etilgan innovatsiya haftaligi doirasida Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirishning samarali usullarini qo‘llagan holda bojxona jarayonini soddalashtirishga qaratilgan eng zamonaviy, ilg‘or innovatsion texnologiyalari bilan ishtirok etdi. 

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etgan tadbirkorlar bojxona organlarida joriy etilgan xavfni boshqarish tizimi bilan yaqindan tanishishdi. Mazkur tizimni qo‘llagan holda tovar va transport vositalarini tanlov asosida bojxona nazoratidan o‘tkazish mumkinligi, bu o‘z navbatida tovarlarning bojxona hududi orqali o‘tkazish tartibini soddalashtirishi hamda bojxona jarayonlari vaqtini qisqartirishi bojxonachilarimiz tomonidan batafsil tushuntirib berildi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Sohada qo‘llanilayotgan interaktiv xizmatlar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan bojxona organlariga internet tarmog‘i orqali masofadan murojaat etishga imkon berishi, bu esa o‘z navbatida ularning vaqti va iqtisodiy xarajatlarini qisqartirishi slayd yordamida ko‘rsatildi.

Haftalikda Davlat bojxona qo‘mitasi tayyorlagan stendlar yuqori saviyada ekanligi ta'kidlandi va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Eng innovatsion stend” nominatsiyasi bo‘yicha diplom va vazirlikning maxsus sovg‘asi bilan taqdirlandi.   

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Mavzuga oid