Sport | 19:29 / 27.10.2018
17977
1 daqiqa o‘qiladi

Messi «Liverpul» hujumchisini «Barselona»da ko‘rmoqchi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi klubning hujum chizig‘i «Liverpul» to‘purari Muhammad Saloh bilan kuchaytirilishini istamoqda.

Don Balon xabariga ko‘ra, mersisaydliklar misrlik futbolchi uchun kamida 130 million yevro so‘raydi. O‘tgan yili yozda «Liverpul» Filipe Koutinoni aynan shu qiymatga «Barselona»ga sotgan edi.

«Barselona» Salohni qo‘lga kiritish uchun hujumchisi Usmon Dembeleni sotib yuborishi yoki futbolchining bitimiga uni qo‘shib berishi ham mumkin.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid