Jahon | 09:51 / 29.10.2018
3770
2 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada prezidentlik saylovlari: Zurabishvili yetakchi, 2-tur kutilyapti

Foto: EPA-EFE/ZURAB KURTSIKIDZE

Gruziya Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi prezident saylovlarida 75 foiz ovozlarni qayta ishlash natijalari hozircha Salome Zurabishvili g‘alaba qozonayotganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Mavjud ma'lumotlarga qaraganda, hozirgi vaqtda u 38,9 foiz ovoz to‘plagan. Shu bilan birga, muxolifatdan nomzod 37,35 foiz ovoz olgan.

Avvalroq, muxolifat ekzit-pollari va «Rustavi 2» telekanali ma'lumotiga ko‘ra, birinchi turda nomzodlarning hech biri 50 foizdan oshiqroq ovoz to‘play olmagani, shuning uchun ikkinchi tur kutilayotgani xabar berilgandi.

Bu 1991 yilda Gruziya mustaqilligi e'lon qilinganidan beri yettinchi prezidentlik saylovi. Prezident 5 yil muddatga saylanadi. Gruziyaning amaldagi prezidenti Georgiy Margvelashvili ikkinchi muddatga saylanish huquqiga ega edi.

2017 yilda qabul qilingan Konstitutsiyaga ko‘ra, bu saylovlar oxirgi to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentlik saylovlari bo‘ladi. Keyingi saylovlarda Saylov kollegiyasining 300 nafar a'zosi ovoz beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid