Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Istagan ishimni qila olaman, deb o‘ylaydi». «Real»ning sobiq direktori Beylni qattiq tanqid qildi
«Real»ning sobiq direktori Xorxe Valdano jamoaning «Barselona»ga qarshi namoyish etgan o‘yini (1:5) haqida fikr yuritar ekan, hujumchi Garet Beylning harakatlariga baho berdi.
«Biz hamon Beylning o‘yinlarini uning transfer qiymati bilan baholashda davom etyapmiz. Uning narxi shunday illyuziya yaratganki, xuddi u – jahonning superyulduzi.
Keyingi besh yil davomida ko‘rsatgan o‘yinlari «Real» to‘lagan pulga mos kelmaydi. [«Klasiko»da] Alba uni yetti daqiqadayoq uni qurolsizlantirib bo‘ldi.
Super yulduzlar dastlab taktikalarga hurmat bilan qarashadi, biroq keyinroq ularning asl tabiati namoyon bo‘la boradi. Ular istagan ishimizni qilishimiz mumkin, deb o‘ylashadi. Bu ish jamoa manfaatiga zid bo‘lsa ham», - degan Valdaning tanqidiy so‘zlarini keltirib o‘tdi Marca.
Eslatib o‘tamiz, «Real» Beylni 2013 yil yozida «Tottenhem»dan taxminan 100 million yevroga sotib olgan edi. U joriy mavsumda klubning 12 o‘yinida maydonga tushib, 4 ta gol kiritdi.
Mavzuga oid
23:50 / 14.01.2026
Alonso ishdan bo‘shadi. Klasikoda yutqazgani uchun emas
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
23:54 / 30.09.2025