Jamiyat | 16:46 / 29.10.2018
7296
2 daqiqa o‘qiladi

Oltinko‘lda mahallalar aholisi bilan dolzarb muammolar bo‘yicha uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda

Qish mavsumi oldidan Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanidagi mavjud 57 ta mahalla fuqarolar yig‘inida tuman hokimi qabuli bo‘lib o‘tmoqda.

Suvyulduz qishlog‘i, “ORS” mahallasidagi 19-umumta'lim maktabida tuman hokimi  Nazirjon O‘rinboyev hududda istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Unda aholi xonadonlari, umumta'lim maktabi va maktabgacha tarbiya muassasalarida qish mavsumiga tayyorgarlik va boshqa masalalar yuzasidan so‘z bordi. Shuningdek, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Azizbek Turg‘unov yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishda mahalla faollari, yoshi ulug‘ kishilarning o‘rni katta ekanligi haqida ma'ruza qildi. Muloqot davomida mahalla ahli mutasaddilarga o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha murojaat qilishdi.

Mahallani qiynab kelayotgan ikkita ko‘cha yo‘lining muammosi hal bo‘lib, mazkur yo‘llar keyingi yilgi tuman Dasturiga kiritiladigan bo‘ldi.                                                                                

Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.
UZ muxbiri

Mavzuga oid