Jahon | 08:40 / 30.10.2018
4644
1 daqiqa o‘qiladi
Pokistonda avtobusning jarlikka qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi
Pokistonda avtobusning jarlikka qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Pokiston politsiyasiga iqtibos keltirilgan holda 29 oktabr kechki payt ma'lum qilingan.
Halokat mamlakatning shimolidagi Ko‘histon tumanida yuz bergan. Qutqaruvchilar 17 kishining jasadini chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishgan, biroq qutqaruv ishlariga voqea joyining uzoqligi to‘sqinlik qilmoqda.
Dastlabki taxminga ko‘ra, haydovchi avtobusni katta tezlikda sirpanchiq yo‘lda ushlay olmay, jarlikka qulagan.
Mavzuga oid
23:06 / 11.11.2024
Toshkentda «garmoshka» avtobus bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi jarohat oldi
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
21:39 / 08.11.2024
Pokistonda havo ifloslanishi ortidan bog‘ va muzeylar yopilmoqda
15:51 / 07.11.2024