Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda bosqinchilar jinoyat joyida qo‘lga olindi
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 29 oktabr soat 00:30larda Past Darg‘om tumanida yashovchi A.A. va A.J. o‘zlarining “Neksiya” rusumli avtomashinasida pichoq va yog‘och bo‘laklari bilan qurollangan holda Sh.R.ning uyi oldiga kelib, ochiq eshik orqali bosqinchilik maqsadida Sh.R.ning uyiga kirganlarida ichki ishlar organlari xodimlar tomonidan ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:00
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026