Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TATU-BDARU qo‘shma fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar ikki diplomga ega bo‘lishadi
2018 yilning sentabr oyida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Belarus davlat axborot va radioelektronika universiteti o‘rtasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun Axborot texnologiyalari qo‘shma fakultetini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Ushbu shartnomaga binoan 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari universitetida TATU-BDARU Axborot texnologiyalari qo‘shma fakultetiga uch: axborot texnologiyalarning dasturiy ta'minoti, dasturlanadigan mobil tizimlar, sun'iy tafakkur yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar o‘qishga qabul qilinadi.
TATU-BDARU Axborot texnologiyalari qo‘shma fakultetida o‘qish «2+2» sxemasi asosida amalga oshiriladi. Bu 2 yil - TATUda, 2 yil - BDARUda ta'lim olishni bildiradi. Ushbu fakultetni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar ikki diplomga ega bo‘lishadi.
Shu kunlarda TATU-BDARU Axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti qoshida TATU va BDARU yuqori malakali o‘qituvchilar tomonidan 9 oy davomida quyidagi fanlar bo‘yicha tayyorlov kurslari tashkil qilinmoqda:
1. Rus tili — 4 oy;
2. Ingliz tili + Informatika — 1 oy;
3. Matematika + Fizika — 4 oy.
Tayyorlov kurslarida o‘qitishning umumiy soatlar hajmi 1120 soat tashkil qiladi.
O‘qitish uchun to‘lov summasi oyiga 500 000 so‘m etib belgilangan.
Tayyorlov kurslari fanlari bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchi BDARU sertifikatiga hamda muddatdan ilgari talaba bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ma'lumot o‘rnida: Belarus davlat axborot va radioelektronika universiteti (BDARU) Belarusning yirik milliy ilmiy-ta'lim markazi bo‘lib, o‘quv va ilmiy faoliyat olib borish uchun ulkan imkoniyatlarga ega OTM hisoblanadi. Universitet zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlangan va rivojlangan infratuzilmaga ega. Universitetda ta'lim olish va ilmiy-tadqiqot faoliyatni yuritish uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjud.
Mavzuga oid
19:13 / 12.03.2026
«Moliyaviy piramida» uchun jazo choralari og‘irlashtiriladi
09:30 / 11.03.2026
O‘zbekistonda IT-visa olish uchun yangi talablar joriy etildi
10:50 / 02.05.2025
Latviya TATU huzurida maxsus maktab tashkil etishi mumkin
14:50 / 01.05.2025