Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyada ishtirok etdi
2018 yilning 26-27 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev boshchiligidagi delegatsiya Hirot shahrida bo‘lib o‘tgan «Afg‘oniston inqirozi: sabablar va yechimlar» mavzusidagi 7-xalqaro konferensiya ishida ishtirok etdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
25dan ortiq davlatning rasmiy shaxslari, siyosatshunoslari va tahlilchilari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillari Afg‘oniston Islom Respublikasidagi joriy holatni, uzoq muddatli tinchlikni ta'minlash uchun mintaqaviy sa'y-harakatlarni va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini qayta tiklash doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Forum qatnashchilarining nutqlarida 2018 yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi yakunlariga, afg‘on muammosini siyosiy bartaraf etish borasida dunyo hamjamiyati sa'y-harakatlarini birlashtirishdagi uning roliga, Afg‘onistonda ta'limni qo‘llab-quvvatlash Xalqaro fondini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti tashabbusiga, mamlakatning afg‘on xalqiga iqtisodiy ko‘magi amaliy natijalariga alohida e'tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Ismatulla Ergashev Eronga borgandi.
Mavzuga oid
18:19
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026