O‘zbekiston | 20:32 / 31.10.2018
3534
2 daqiqa o‘qiladi

Boku shahrida Volontyor yoshlarning xalqaro forumi o‘tkazilmoqda

Foto: Yoshlar ittifoqi

30 – 31-oktabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida Volontyor yoshlarning xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Forum ishida Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Rossiya davlatlari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda.

Forumning ilk kuni uchrashuv va muhokamalarga boy bo‘ldi. O‘tkazilgan sessiyalar mobaynida ishtirokchilarga Prezidentimizning yoshlarga oid davlat siyosati, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va uning tuzilmasi, a'zolari soni, loyihalari, xalqaro hamkorlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil axborot berildi.

Forum ishtirokchilariga Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan tayyorlangan «Welkome to Bukhara" videoroligi namoyish etilib, mamlakatimizning turistik salohiyati haqida axborot berilgani barchada iliq taassurot qoldirdi.

Foto: Yoshlar ittifoqi

Shu bilan birga, Ozarbayjon Respublikasining Yoshlar va sport vazirining o‘rinbosari Intiqam Babayev bilan ishchi tartibda uchrashuv o‘tkazilib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Yoshlar va sport vazirligi o‘rtasida imzolanishi rejalashtirilayotgan memorandum va 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish jarayoni bo‘yicha bir qator masalalar muhokama qilindi.

Foto: Yoshlar ittifoqi

Kun yakunida «Asan» («Oson») davlat xizmatlari agentligiga tashrif uyushtirilib, Agentlik faoliyati va uning qoshidagi volontyor yoshlar guruhi bilan tanishtirildi.

Mavzuga oid