Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi «Chorsu» bozorining mulki xatlovga olindi
Foto: KUN.UZ
Shayxontohur tumani Majburiy ijro byurosi «Chorsu» nomi bilan tanilgan Toshkentdagi bozorni boshqaruvchi «Eski Juva dehqon bozori» AJ pul mablag‘larini xatlovga oldi. Bundan Korporativ axborot yagona portali ma'lumotlari darak beryapti.
Majburiy ijro byurosi 17 oktabr kuni 11,8 mlrd so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini xatlovga olgan.
«Eski Juva dehqon bozori» AJ 1996 yilda tashkil etilgan. Kompaniya saytidagi ma'lumotlarga ko‘ra, asosiy aksiyadorlar - Toshkent shahar hokimligi (78,4%) va boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslar (21,5%). 2017 yil yakunlari bo‘yicha kompaniya 117 mln so‘m miqdorida sof foyda oldi.
Mavzuga oid
09:01 / 09.04.2026
Poytaxtdagi uch bozorning ayrim bloklari vaqtincha yopildi
16:12 / 06.04.2026
Toshkentda bozor qorovullari itlar ustiga mashina haydadi
08:53 / 03.04.2026
80 mln so‘m talab qilgan bozor rahbari ushlandi
11:37 / 13.03.2026