Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzsalaman - o‘zining yangi davriga qadam qo‘ymoqda
2019 yilning iyun oyida Farg‘ona shahridagi Uzsalaman O‘zbekiston – Germaniya erkaklar, ayollar va bolalar poyabzallari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonasi yangidan modernizatsiya qilingan holda o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda korxona ta'sischilari vakili Erkin Nurxodjayev KUN.UZʼga ma'lum qildi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning iyun oyida Farg‘ona viloyatiga qilgan tashrifida Uzsalaman korxonasi faoliyatini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqish dasturga asosan, yangi ish o‘rinlari yaratish lozimligini bildirgan edi.
Mazkur topshiriq bo‘yicha qabul qilingan manzilli dastur asosida, ta'sischilar tomonidan korxonani rivojlantirish uchun 5 million dollar miqdorida qo‘shimcha investitsiya jalb kilish rejalashtirildi.
Uzsalaman’niig yangi ish quvvatlari ishga tushirilishi bilan 2019 yil yakuniga qadar Farg‘ona viloyatining 2000 ga yaqin aholisiga doimiy ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.
Korxona ta'sischilari vakilining qo‘shimcha qilishicha, fabrikada ishlab chiqariladigan Germaniya va O‘zbekiston sifati uyg‘unlashgan poyabzal mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha
AQSh va rossiyalik tadbirkorlar bilan dastlabki kelishuvlar qilingan. Korxonada mahalliy ichki bozor uchun ham poyabzal ishlab chiqariladi.
- Yangidan modernizatsiya qilingan va faoliyati yo‘lga qo‘yilgan korxonamizda ishlash istagini bildirgan farg‘onalik yurtdoshlarimiz bizga murojaat qilishlari mumkin, - deydi Erkin Nurxodjayev.
Ma'lumot uchun, erkaklar, ayollar va bolalar poyabzallari ishlab chiqaruvchi Uzsalaman qo‘shma korxonasi O‘zbekistonda 1994 yil o‘z faoliyatini boshlagan. Korxonada qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilinib, modernizatsiya qilingunga qadar 164 kishi faoliyat olib borayotgan edi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
14:58 / 28.04.2026
Bond omborlariga brend kiyimlar va poyabzallar joylashtirilmaydi, nega?
18:03 / 09.07.2025
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi
15:15 / 20.09.2023
O‘zbekiston AQShga maktab poyabzallari yetkazib beradi
08:23 / 16.09.2022