AQŞda bölib ötayotgan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida iştirok etayotgan Şavkat Mirziyoyev ikki mamlakat örtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, AQŞ brendlarini mamlakatimizga jalb etiş hamda “Made in Uzbekistan” yorliği ostidagi çarm-poyabzal mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça qator kelişuv va şartnomalarni imzoladi.

Xususan, “Özçarmsanoat” uyuşmasiga a’zo “KFK” brendi ostida mahsulot işlab çiqaruvçi Andijon viloyatida joylaşgan “Classica shoes International” korxonasi hamda AQŞning “YNK” kompaniyasi bilan mazkur mamlakatga maktab poyabzallarini yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzildi.

Ma’lumot uçun: “YNK” kompaniyasi AQŞ maktablari uçun 1-sinfdan to 12-sinfgaça bölgan yoşdagi bolalar uçun maktab formalari hamda poyabzallarni yetkazib beriş bilan şuğullanadi. Kompaniyaning missiyasi öquvçilarni sifatli va işonçli kiyim-keçak hamda poyabzallar bilan ta’minlaşdir. Kompaniya 100% paxta va tabiiy çarmdan tayyorlangan kiyim-keçak va poyabzallarni xarid qilişi bilan AQŞ maktablarining işonçini oqlagan. Aynan şu sabab, AQŞ maktablari mazkur kompaniyaga yiliga katta hajmda buyurtmalar beradi.

Özbekiston korxonasi mazkur kompaniya bilan 2024 yil uçun dastlab 35 ming juft poyabzal xarid qiliş böyiça eksport şartnomasini imzoladi. Şartnomaning umumiy hajmi qariyb 500 ming AQŞ dollarni taşkil etadi. Bu boşlaniş albatta, kelgusida AQŞ kompaniyasi Özbekistondan eksport hajmini yanada kengaytiradi.

Eksport şartnomasiga muvofiq mahalliy korxonamiz 2024 yildan dastlabki mahsulotlarni yetkazib berişni boşlaydi.