Amerika Qöşma Ştatlaridagi aeroportlarda xavfsizlik tekşiruvi vaqtida yölovçilar endi poyabzallarini yeçişga majbur bölmaydi — bu talab deyarli yigirma yildan söng bekor qilindi.

AQŞ Içki xavfsizlik kotibi Kristi Noemning aytişiça, Transport xavfsizligi boşqarmasi (TSA) uşbu xavfsizlik talabini «darhol kuçga kiradigan tarzda» bekor qilmoqda.

«TSA endi yölovçilardan xavfsizlik tekşiruv punktlaridan ötayotganda oyoq kiyimlarini yeçişni talab qilmaydi. Uşbu özgariş tekşiruv punktlarida yölovçilar kutiş vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi va umumiy sayohatni yanada yoqimli hamda samarali qiladi, deb kutmoqdamiz. Ammo bu bilan birga xavfsizlik standartlarini saqlab qolişimiz va odamlarni himoya qilişimiz şart.

Bizning yondaşuvimizning kaliti — bu bir neça bosqiçli xavfsizlik. Yölovçilar hali ham bir neça darajadagi tekşiruvlardan ötişadi. Ular şuningdek, şaxsni tasdiqlaş bosqiçini ham bosib ötişadi», degan Noem.

CNN naşrining yozişiça, mazkur qoidaning bekor qilinişi Jo Bayden ma’muriyati davrida körib çiqilgan edi. Biroq Noem bu taşabbusni prezident Donald Tramp berganini alohida ta’kidladi.

Noemning aytişiça, TSA xavfsiz joriy etiş imkoniyati bölsa, boşqa xavfsizlik qoidalarini (kamar, suyuqlik kabi) ham özgartirişni körib çiqmoqda.

Aeroportlardagi poyabzalni yeçiş talabi joriy qilinişiga, Riçard Reyd nomi bilan tanilgan «poyabzal bombaçisi» sabab bölgan. U 2001 yil dekabr oyida Parij–Mayami reysida poyabzali içiga yaşirilgan portlovçi moddani gugurt bilan yoqişga uringan edi. TSA tomonidan yölovçilarning poyabzalini yeçiş talabi esa 2006 yil avgust oyida «davom etayotgan xavf» haqidagi razvedka ma’lumotlariga asoslanib joriy etilgan. Maqsad yölovçilarning poyabzalini skanerlaş orqali portlovçi moddalarni aniqlaş va samolyot xavfsizligini ta’minlaş bölgan.

«Öşa siyosat kuçga kirganidan beri ötgan 20 yilda xavfsizlik texnologiyamiz sezilarli darajada rivojlandi. TSA özgardi. Yangi skanerlar va ayrim hududlarda köproq ofitserlar işga tuşirildi»