00:24 / 01.11.2018
7771

Havoning ifloslanishi sababli har yil dunyoda 600 ming bola o‘lmoqda

Foto: UNICEF

Dunyoda havoning ifloslanishi sababli har yil 600 ming bola o‘lmoqda. Bunday ma'lumotlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Prescribing clean air” deb nomlangan yangi ma'ruzasida keltirilgan. Havoning ifloslanishi semizlik, quloq infeksiyalari va ongning pasayishi paydo bo‘lishiga sabab hisoblanadi.

Ma'ruzada sayyoramizdagi 93 foiz bolani qamrab oluvchi ifloslagan havoning ta'siri haqidagi oxirgi ilmiy ma'lumotlar to‘plangan. Ma'ruza mualliflari bu borada eng muammoli hududlar Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari ekanini qayd qilishgan.

“Iflos havo millionlab bolalarni zaahrlab, ularning hayotini nobud qilmoqda. Buni kechirib bo‘lmaydi. Har bir bola ulg‘ayish va o‘z salohiyatini amalga oshirish uchun toza havodan nafas olish imkoniga ega bo‘lishi lozim”, deb aytgan JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus.

Ma'lum qilinishicha, iflos havo ayollarda bolaning o‘lik tug‘ilishi yoki muddatdan oldin tug‘ish, katta yoshda paydo bo‘luvchi kasalliklarning sababi hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, bu holat butun dunyoda atrof-muhit sohasidagi siyosatni o‘zgartirishga olib kelishi kerak.

Tadqiqotning ko‘rsatishicha, havoning ifloslanishi va bolalarda otit, quloq infeksiyalari, semizlik va insulinni qabul qilmaslik kabi kasalliklar o‘rtasida yaqqol bog‘liqlik borligini ko‘rsatgan.

JSST ekspertlarining ta'kidlashicha, ota-onalar uy xo‘jaligida taom tayyorlash va isitishda ekologik sof yonilg‘ini qo‘llagan holda iflos havodan qochishga harakat qilishlari kerak. Ota-onalar siyosatchilar atrof-muhitni tozalash bilan shug‘ullanishlari uchun ularga ta'sir qilishlari kerak.

Mavzuga oid
Top