Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
Foto: TIV axborot xizmati
2018 yilning 1 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Tashqi ishlar va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vazirligining Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa bo‘yicha departamenti direktori o‘rinbosari Rupert Eynli bilan uchrashuv o‘tkazildi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat davomida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, qo‘shma tadbirlar, jumladan turli darajalarda ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish istiqbollari muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kengashining navbatdagi majlisini Toshkent shahrida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu kengash savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalarni faollashtirish va aniq natijalar keltirishni maqsad qilgan.
Muzokaralarda Buyuk Britaniya elchisi Kristofer Alan ishtirok etdi.
Mavzuga oid
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026
Britaniya radiostansiyasi qirol Charlz III vafoti haqida yanglishib e’lon qildi
08:40 / 20.05.2026
AQShdan keyin Britaniya ham Rossiya nefti bo‘yicha litsenziya berdi
08:48 / 16.05.2026