AQSh 8 ta davlatga Eronga qarshi sanksiyalarga amal qilmaslikka ruxsat berdi
AQSh Erondan neft import qiluvchi 8 ta davlat uchun vatinchalik istisnolar qildi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma'lum qildi.
Pompeoning aytishicha, buning evaziga ushbu davlatlar Erondan neft eksport qilishni sezilarli kamaytirganini ko‘rsatishi kerak. Biroq Pompeo aynan qanday davlatlar sanksiyalardan ozod etilishiga aniqlik kiritmagan, ammo ular orasida Yevropa Ittifoqi davlatlari yo‘qligini qo‘shimcha qilgan. Ta'kidlanishicha, davlat departamenti bu ro‘yxatni 5 noyabrda ma'lum qiladi.
Pompeoning aytishicha, AQSh sanksiyalarsiz ham Eron neftining kuniga 1 mln barrel kamroq olinishiga erisha oldi. U AQShning yakuniy maqsadi Eron nefti eksportining to‘liq to‘xtatilishidan iboratligini ta'kidlab o‘tgan.
AQSh 5 noyabrga o‘tar kechasi Erondan neft sotib olishni cheklovchi, Tehronga qarshi sanksiyalarni tiklaydi.
Avvalroq AQSh davlat departamenti Eronga bajarilishi sanksiyalarning bekor qilinishiga olib keladigan 12 ta talab qo‘ygan. Bu talablar orasida terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash, Suriyadagi harbiy ishtirok va yadroviy hamda ballistik raketalarni yaratish bo‘yicha dasturlarning to‘liq to‘xtatilishi bor.
Mavzuga oid
22:14
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024