Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda besh yil ichida birinchi marta elektr stuldan foydalanishdi
Foto: Al Behrman/AP
AQShning Tennessi shtati poytaxti Nashvillda 63 yoshli Edmund Zagorski elektr stul (Amerikada o‘lim jazosiga hukm qilinganlarni qatl qilish uchun qo‘llaniladigan moslama) yordamida qatl etildi. Bu haqda WSMV mahalliy telekanali xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Zagorski o‘zi qatlning shunday turini tanlagan. Uning fikricha, bu usul o‘limga olib keladigan inʼeksiyadan ko‘ra og‘riqsizroq. Ushbu shaxs 1984 yilda, o‘zidan giyohvand moddalar sotib olishga uringan ikki kishini o‘ldirgani uchun o‘limga mahkum etilgan.
Ushbu turdagi o‘lim jazosi AQSh besh yil ichida birinchi marta qo‘llanildi - oxirgi marta 2013 yilda Virginiya shtatida o‘limga mahkum etilgan shaxs elektr stulda qatl etilgandi. Tennessida bunday moslama 1960 yildan buyon ishlatilmagan.
Mavzuga oid
19:34
“AQSh bilan o‘rtamizda katta jarlik paydo bo‘ldi” – Fridrix Mers. Myunxen xavfsizlik forumidan reportaj
19:09
Davlatlararo vositachi: Epshteyn ishidagi siyosiy detallar
18:15
AQSh Eron bilan keskinlik fonida Yaqin Sharqqa ikkinchi aviatashuvchini yubormoqda
14:24