Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya prokuraturasi Kataloniyaning sobiq rahbarlariga ko‘p yillik qamoq jazosi talab qildi
Foto: SS0 Public Domain
Ispaniya prokuraturasi Kataloniyaning sobiq vitse-prezidenti Oriol Junkerasga 25 yillik qamoq jazosi berilishini talab qilmoqda. Junkeras isyon ko‘tarish va jamoat fondlari pulini xarjlab yuborishda ayblanmoqda.
El Pais nashrining yozishicha, Karles Puchdemon hukumatining boshqa a'zolari, jumladan sobiq ichki ishlar vaziri Joakim Forn va avtonomiya jyeneralitatining rasmiy vakili Jordi Turulga 16 yillik qamoq jazosi berilishi so‘ralgan. Ularga ham Junkerasga qo‘yilayotgan ayblovlar qo‘yilmoqda.
Kataloniya parlamentining sobiq rahbari Karme Forkadel, “Kataloniya xalq yig‘ini” tashkilotining sobiq rahbari Jordi Sanches va Omnium Cultural prezidenti Jordi Kuishart faqatgina isyon ko‘tarishda ayblanayotganlariga qaramay, Ispaniya prokuraturasi ularga 17 yillik qamoq jazosi berilishini so‘ragan.
Junkeras va Kataloniya hukumatining yana bir necha a'zosi 2017 yil noyabrda hibsga olingan. Kataloniyaning sobiq prezidenti Karles Puchdemon va jyeneralitat a'zolarining bir qismi xorijda yashirinishgan.
Mavzuga oid
18:55 / 03.02.2026
Ispaniya o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga cheklov qo‘ymoqchi
10:18 / 28.01.2026
Ispaniya 500 minggacha noqonuniy muhojirni legallashtiradi
09:32 / 28.01.2026
Ispaniya Rossiyaning “soya floti” tankerini qo‘lga olmadi
21:16 / 24.01.2026