Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Manchester Yunayted» so‘nggi daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi
Angliya Premer-Ligasi 11-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Manchester Yunayted» safarda «Bornmut» bilan bellashdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
11-daqiqada Uilson mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada Marsial uni tenglashtirdi. O‘yin durang natija bilan tugashi arafasida Reshford gol urib, «Manchester Yunayted» g‘alabasini ta'minladi.
Bu natijadan so‘ng, «MYu» 20 ochko bilan 7-o‘rinda, «Bornmut» esa shuncha ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
APL, 11-tur
Bornmut – Manchester Yunayted 1:2 (1:1, 0:1)
3 noyabr, «Din Kort» stadioni
Gollar: 1:0 – 11 Uilson, 1:1 – 35 Marsial, 1:2 – 90 Reshford.
Bornmut – Begovich, Kuk, Ake, Smit, Frensis, Lerma, Freyzer (Ayb, 74), Bruks, Kuk (Gosling, 68), Stanislas (Serman, 90), Uilson.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelef, Mata (Reshford, 56), Fred (Errera, 56), Marsial, Pogba, Sanches (Lingard, 78), Matich.
Ogohlantirishlar: Shou (54), Lerma (58), Stanislas (63), Uilson (64), Yang (82), Smit (83), Reshford (90).
Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
13:31 / 04.05.2026
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi. Kun o‘yinlari
11:48 / 14.04.2026