Jahon | 22:08 / 03.11.2018
14741
2 daqiqa o‘qiladi

Noqonuniy migrantlarni AQSh armiyasi qarshi oladi

Foto: Euronews

Dam olish kunlarida Amerikaning 7 mingdan ortiq askarlari Kaliforniya, Arizona va Texas shtatlarining Meksika bilan chegarasiga joylashtiriladi. Ularning vazifasi — migrantlar karvoniga davlat chegarasini kesib o‘tishida monelik qilish uchun chegarachilarga yordam berishdan iborat, deb yozmoqda Euronews.

Ayni paytda Meksika bilan chegarada milliy gavrdiyachilardan ikki ming nafari chegaralarga joylashtirilgan. Karvonga qarshilik qilish operatsiyasi «Sodiq vatanparvar» kodli nomlanishni ham olib bo‘lgan. Armiyaning mazkur operatsiyaga jalb qilinishi to‘g‘risidagi farmoyishni AQSh prezidenti Donald Tramp imzolagan.

Juma kuni u jurnalistlarga murojaat qilar ekan, AQSh chegarasini buzib o‘tishga urinayotgan noqonuniy migrantlar amerikalik harbiylarni toshbo‘ron qilinayotganini aytib, bundaylar uzoq muddatga hibsga olinishi, biroq ularga qarata o‘t ochilmasligini ta'kidlagan edi.

Bungacha Hondurasdan kelgan o‘n ikki nafar migrant Tramp va AQSh ichki xavfsizlik vazirligini Amerika konstitutsiyasini buzganlikda ayblab, sudga da'vo arizasi ham kiritgan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid