2018 yilda davlat byudjyeti xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan 60 foizga oshdi
Davlat byudjyeti daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning samarasi o‘laroq, byudjyet xarajatlarini 2017 yilga nisbatan 60 foizga yoki 29,2 trln so‘mga oshirish imkoni bo‘ldi. Moliya vaziri o‘rinbosari, G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Sultonov OAV vakillari bilan uchrashuvda shu haqda ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda KUN.UZ muxbiri.

Buning natijasida “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar kelajagimiz” kabi yirik dasturlarni boshlash uchun zamin yaratilib, ularga 2018 yilda 2 trln so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi. Bundan tashqari:
- arzon uy-joylar qurilishini moliyalashtirishga 3,6 trln so‘m;
- yosh tadbirkorlarga imtiyozli kredit berish maqsadida “Mikrokredit” va “Xalq banki” ustav kapitallariga qo‘shimcha 350 mlrd so‘m;
- aholini ish bilan ta'minlash tadbirlariga 350 mlrd so‘m;
- markazlashgan investitsiya xarajatlariga qariyb 1 trln so‘m;
- aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlashga 500 mlrd so‘mga yaqin;
- maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish ishlariga 700 mlrd so‘m;
- Xotin-qizlar va oila jamg‘armalari, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali aholini, ayniqsa xotin-qizlarni qo‘shimcha ijtimoiy qo‘llab quvvatlash tadbirlariga 450 mlrd so‘m;
- O‘zbekiston mudofaa qobiliyatini oshirishga qo‘shimcha 4,5 trln so‘m yo‘naltirilmoqda.
Mahalliy hokimliklarning vakolatini kengaytirish va rejadan oshirib bajargan daromadlarni ularning o‘z ixtiyorida qoldirish mexanizmini joriy etish natijasida 2018 yil yakunlari bilan mahalliy byudjyetlar ixtiyorida 5,5 trln so‘mdan ziyod yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb 6 barobardan ko‘proq mablag‘ qolishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha manbalar hisobidan mahalliy hokimliklar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga, shu jumladan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga, maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish va ta'mirlashga, hokimliklar qoshida tashkil etilgan ishchi o‘rinlarini yaratish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirishga mablag‘ yo‘naltirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi
Jahon | 01:09
-
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
Jahon | 00:15
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26 / 19.05.2025
Mavzuga oid

13:13 / 19.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika hamda suv xo‘jaligi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

10:18 / 15.05.2025
Rossiya federal budjetning deyarli uchdan bir qismini maxfiylashtirdi

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025