Hindistonning turli hududlarida Pokiston foydasiga josuslik qilişda gumonlanib, kamida töqqiz kişi hibsga olindi, deb xabar beradi NDTV.
Xususan:
- sayohatçi bloger Joti Malhotra. Politsiya ma’lumotlariga köra, u Pokiston rasmiylari bilan aloqada bölgan va ikki marta uşbu mamlakatga borgan;
- siyosatşunoslik fakulteti talabasi Davendra Singx Dhillon. 12 may kuni u Facebookʼdagi sahifasiga joylaştirgan töpponça va qurol surati uçun uşlangan;
- qöriqçi Nauman Ilahi. Politsiya ma’lumotlariga köra, u Islomobod rasmiylariga ma’lumot berib kelgan va uning evaziga qarindoşlari nomiga oçilgan hisobraqamlar orqali pul olgan;
- Arman. 16 may kuni maxfiy ma’lumotni Pokistonga bergani uçun uşlangan, hozirda u tergov ostida;
- Tarif. Arman uşlanganidan ikki kun ötib qölga olingan. U xizmat vazifasini bajarayotgan xodimni körib, telefonidagi ayrim çatlarni öçirişga uringan;
- Şahzod ismli biznesmen. U öz kuratorlariga milliy xavfsizlikka oid maxfiy ma’lumotlarni berib kelgan;
- Muhammad Murtazo Ali. U mustaqil yaratilgan mobil ilova orqali Pokiston maxsus xizmatlari uçun josuslik qilgan;
- Ğazala va Yamin Muhammad ismli fuqarolar. Ular nimada ayblanayotgani böyiça ma’lumotlar yöq.
Hibsga olişlar Hindiston va Pokiston örtasidagi mojaro keskinlaşuvi fonida yuz bermoqda. 22 aprel kuni Jammu va Kaşmirda jangarilar öt oçib, 26 nafar turistni öldirgan edi. Hindiston tomoni bunda Pokistonni aybladi va 6 may kuni «Sindur» operatsiyasini boşladi. Oqibatida 26 kişi halok böldi. Tomonlar 18 mayga qadar öt oçişni töxtatişga kelişib oldi.













