Ayollarning kasb tanlash imkoniyatlarini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli ekanligi belgilangan. Shundan kelib chiqib, qator qonun hujjatlarida mazkur tenglikni ta'minlash bo‘yicha qoidalar kiritilgan. Xususan, Mehnat kodeksiga muvofiq jins, yoshi, irqi, millati kabi mehnatga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab, mehnatga oid munosabatlar sohasida cheklashlarga yo‘l qo‘yilmaydi, deyiladi Adliya vazirligi matbuot xizmatida.
Shunday bo‘lsa-da, hozirgi kunda amaldagi ayrim qonun hujjatlarida ayollarning mehnat qilish huquqini cheklash holatlarini ko‘rish mumkin. Masalan, Ayollar mehnati to‘liq yoki qisman qo‘llanilishi taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxati (http://lex.uz/docs/815783) bilan jami 400 ga yaqin kasbda ayollarning ishlashi taqiqlangan.
Ta'kidlash joizki, mazkur hujjatning qabul qilinganiga 18 yildan oshdi. Texnika taraqqiyoti tufayli bundan 15-20 yillar avval ayollar foydalanishi qiyin bo‘lgan ba'zi texnik uskunalar hozirda ayollar ham bemalol ishlata oladigan darajaga yetgan. Masalan, mazkur hujjatga muvofiq, ayollarning yo‘lovchilar soni 14 nafardan ortiq sig‘imli avtobuslarning haydovchisi bo‘lib ishlashi taqiqlanadi. Vaholanki, hozirgi kunda ushbu rusumdagi transport vositasini boshqarish uchun juda katta jismoniy kuch talab qilinmaydi.
Ayollar huquqlari cheklanishining oldini olish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan mazkur hujjat manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda qayta ko‘rib chiqilmoqda.
“Yuqoridagilarga ko‘ra, mazkur Ro‘yxatni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Telegram messenjeridagi @qonunchilikbot botiga yoki d.umarov@adliya.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz”, - deyiladi Adliya vazirligi matbuot xizmatida.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:18 / 07.03.2025