Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dehlida havoning ifloslanish darajasi xavfsiz me'yoridan 25 baravar yuqori ekanligi ma'lum bo‘ldi
Foto: AFP 2018 / Sajjad Hussain
Dehli shahrida havoning ifloslanish darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan "xavfsiz me'yor"dan 25 baravar yuqori. Bu haqda Dehli havo ifloslanishi darajasini nazorat qilish boshqarmasiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
Dushanba kuni poytaxtning qator tumanlarida havoning ifloslanish darajasi 644 mkmni tashkil etgan. Bu JST tomonidan inson hayoti uchun xavfsiz deb belgilangan me'yordan 25 baravar ko‘pdir.
Mutaxassislar havoning keskin ifloslanishiga Xaryana va Panjob shtatlaridagi qishloqlarda yuz bergan yong‘inlardan ko‘tarilgan tutun sababchi bo‘lgan deb hisoblashmoqda. Bu shtatlarda fermerlar hosilni yig‘ib bo‘lishganidan so‘ng dalalarga o‘t qo‘yishlari odatiy holga aylangan.
Xabarda aytilishicha, Dehlida yashovchilar har yili kuzda astma va boshqa o‘pka kasalliklaridan aziyat chekishadi. JST statistikasiga ko‘ra, Hindistonda har yili zaharli tutundan millionga yaqin kishi halok bo‘ladi, Nyu-Dehli shahri esa yer yuzidagi ekologiyasi eng yomon shahar maqomida qolishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 29.10.2025
Hindiston havo sifatini yaxshilash uchun sun’iy yomg‘irni qo‘llaydi
11:00 / 06.10.2025
Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi
14:42 / 04.10.2025
Toshkent va Dehli o‘rtasida yangi aviareys yo‘lga qo‘yildi
12:50 / 02.08.2025